O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi. Loyiha doirasida Delaver universiteti bilan birgalikda TDTU magistratura bosqichida yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturi joriy etiladi.
“O‘zkimyosanoat”ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu bilan o‘g‘it ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni qisqartirish va har yili qariyb 33 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish maqsad qilingan.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish loyihalariga start berildi.
Prezident avgust oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Inshoot Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi tomonidan Chirchiq shahridagi ammiak zavodi negizida quriladi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi. Neft-gaz va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting